Hafiz - 2

Total number of words is 4059
Total number of unique words is 2395
16.6 of words are in the 2000 most common words
29.0 of words are in the 5000 most common words
38.1 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Bir arig'ning labida o'ltir-u, ko'r umr o'tishin
Dunyo qanday o'tishiga shu qadar imo bas
Boq jahon holiga ham ko'rgil uning ozorin
Senga kam bo'lsa, menga foyda-ziyon savdo bas
Yor men birla erur– boshqa na bo'lsin tilagim
Davlati bazmi agar bo'lsa ko'nguloro bas
Quvma, Tangri haqi, jannat sari dargohingdan
Ostonang menga borliqdan erur a'lo bas
Menga yolg'iz seni vasling-u, yo'q o'zga havasim
Ayladim ikki jahon moli bilan savdo bas
Hofiz, o'z taqdiridan ranjimak insofsizlik
Men uchun tab'i ravon-u, g'azali zebo bas!
* * *Tol osti, suv labida she'r ila oldingda yor o'lsin!Ham ulfat dilbari shirin-u, yori gul'uzor o'lsin!Ayo, ey baxt ila davlat, shu davlat qadriga yetgil
Muborak bo'lsin ayshing, ham bu damlar poydor o'lsin!Kelin tab'imga nozik fikr durru gavharin taqdim
Zamona boqsa– bo'ynimda ilondek zulfi yor o'lsin!G'animat angla suhbat tunlarin, bo'l doimo dilxush
Ochilmish lola, oydin tunda ishrat barqaror o'lsin!Nechuk maydur u soqiy ko'zlarining kosasi ichra –Ki, oqillarcha mast etsin, shirin unda xumor o'lsin!U odamlarki, bir dilbarning ishqin dilda saqlabdir
Degil: isriq tutatsin, ko'zlaguchi sharmsor o'lsin!O'tibdir umr, ey Hofiz, kel, etgil, azmi mayxona
Ish o'rgat mastlarga – yaxshi ishlarda baror o'lsin!
* * *O'z baxtimizni biz sinadik bu shahar aro
Tortib olish kerak– u yotar xavfli jar aro
Barmoqni tishlab oh chekarman, shuning uchunO'tlar yoqildi gul kabi jonu jigar aro
Xush keldi menga tundagi bulbulning xonishi
O'z shoxlarini chirmadi gul barglar aro
Shod o'lgil, e ko'ngilki, u nozu itobli yorO'z baxtidan itobda qolur bu shahar aro
Dunyoda hech mashaqqat, azob tortmayin desang
Ahdingda tur, so'zingni botirma zahar aro
Betinch qiluvchi hodisa cheksa falakka bosh
Taqdirin ongli kimsalar otmas zarar aro
Hofiz, agarda vasl abadiy bo'lsa barqaror
Qolmasdi Jamshid taxtidai ajrab, xatar aro.
* * *Ajab Sherozkim, yo'qdir misoli
Xudoyo, bo'lmasin hargiz zavoli!Bu Ruknobod yeuvi tahsinga loyiq
Berur Xizr umrini salqin zuloli
Musallo, Ja'farobod orasidaEsar mushk ila anbardek shamoli
Kelib Sherozga, ol fayzu sharaflar
Juda ko'pdir aziz sohibkamoli
Kigaida Misr qandin yod etargaShirinlar oldida qolmas majoli
Sabo, ul sho'x go'zal, mastlar haqidaNe bilgaysan, nechuk onlarni holi?Meni bu uyqudan uyg'otmangiz hech
Dilimni shod etar shirin xayoli.
* * *Misoli tongsan-u, men sham'dek bo'libman ado
Kulib qarar, nechuk etgum bu jonni senga fido
Shu zulfing o'ldi sabab – tushdi dilga har neki dog'
Go'rimdan ungusi o'lsam binafsha birla hino
Umid ostonida ko'z eshigin ochgan edim
Bir aylading nazar– olding ko'zim qarosida jo
Nechuk shukr qilay, ey g'am seli, kechirsin HaqKi, mendan lmas eding kimsasiz chog'imda judo
Ko'zim qarochig'iga qulman – unga dil dardinDegach hamisha u ming tomchisini qildi davo
Nigorim ayladi jilva hama nazarga valeKarashmasini ko'rolmaydi kimsa mencha raso
Shamoldek o'tsa yorim qabrim ustidan Hofiz
Kafanni shavq ila albatta yirtaman go'raro.
* * *Kel, endi gul sochib har yon, qadah qo'lda o'turgaymiz
Buzib charx eski tomin, yangi bir tarh ila qurgaymiz!Agarda tortsa g'am lashkar to'kishga ishq eli qonin
Men-u soqiy bo'lib birga, bu tashvishni bitirgaymiz
Erur qo'lda go'zal cholg'u – yoqimli kuyla, sozanda
O'qub she'r-u, oyoq raqsini avjiga keturgaymiz
Sabo, elt jismimiz gardin u yuksak oston soriKi, shoyad xo'blar shohi yuzin bir bora ko'rgaymiz
Biri aqlidan urgay lof, biri doim to'qir yolg'on
Kel, arzu dodimizni endi hokimga gapurgaymiz
Agar jannat tilarsan, biz bilan mayxonaga yurgil
Seni xumning tagidan havzi Kavsarga yeturgaymiz!Qadahni to'ldirib lim-lim qizid gul singari maydan
Sochib atr, ud tutatgaymiz, ulug' bir bazm qurgaymiz
Kel, ey jonon, yuzing nuri bilan majlisni porlatgil
Qoshingda sher o'qub bu dam, oyog'ingga bosh urgaymiz!Bilimdonlik va xugixonlik emas Sherozda hech manzur
Kel, ey Hofizki, biz yuzni bo'lak yurtga o'gurgaymiz.
* * *G'ariblik tunida hamdam ohu faryodim
G'ariblik g'amu hasratlaridir ijodim
Diyoru yor xayolida zor yig'larman
Safar otin yo'qotish bo'ldi fikr ila yodim
Raqib yurtidan ermas, u yor elidan men
Rafiqalarimga yetur– mehribon qil imdodim
Xudo uchun menga, yo'lboshchim, ayla endi ko'makKi, maykada aro shuhrat-la aylasin yodim
Agarchi keksaman, ammo havas bunga boqmas
Yana u yosh pari ishqiga bo'ldi irshodim
Meni sabo shamolidan bo'lak kishi tanimas –Havodan o'zga na ulfat, na do'stu hamrozim
Hayot suvi kabidur yor manzilin shavqi
Sabo, ketur menga Sheroz isin– qil imdodim
Ko'zim yoshi to'kilib yuzga, sirrim ayladi fosh
Hamisha men ila g'ammoz xonabarbodim
Der erdi chang cholib Zuhra yulduzi tongda
Go'zal tovushli, shirin so'zli Hofiz ustodim.
* * *Menga yetkurdi qisqaqo'llik ozor
Baland ostonaliklar tutdilar xor
Magar tutgay qo'lim bir zulfi zanjir
Bosh urgum yo'qsa shaydolikka nochor
Falakning holini so'r ko'zlarimdan
Kechar yulduz sanab tunlarda bedor
O'parman jom labini shu uchunkim
Tiriklik sirridan qildi xabardor
Qo'lim kuchsizligidan shod erurman
Yetishmas bir kishiga mendan ozor
Duo qilsam agar may sotquchini
Ne bo'lg'ay, marhamatga shukr darkor
Meni yerdan ko'tarmaysan, agarchi –Yosh o'rnida qilursam gavhar isor
Bu dashtda qo'yma yirtqich deb menga ayb
Olur ta'limlarim ohuyi totor
Boshim Hofiz kabi mastdir va lekinU boshliq lutfidandirman umidvor.
* * *Men emasdurman u rind– tarki mayu dildor etay
Muxtasib bilgay, bu ishdan mumkin ermas or etay
Lola jom ushlab, bo'tako'z mast, biza fosiq – ot
Dardlarim ko'n – qaysi hokimga uni izxor etay?Maykada– daryo-yu, sevgi – gavxar-u, izlovchi – men
Bunda bosh egdim, shu holda qaygacha isror etay?Garchi tuproqqa qorildim, himmatim qo'ymas meni
Ko'z bulog'idan to'kib suv, qancha oxu zor etay?Hay'atim misli gado – u qo'lda sulton xaznasi
Charx ehsonidan o'zni qanday ummidvor etay?Bu falakning axd ila paymonida yo'q e'tibor
Ahdni jom ila tuzib, may shartini takror etay
Tort jilovni, tur bir oz, qo'zg'atma, jono, jilvalar
To yo'lingga ko'zni durru gavharin isor etay.
* * *Men uchun hech loyiq ermas erdi rindlik shevasi
Tushgach ushbu holga, nechun, o'zgalardan or etay?Tavba qilg'onlarni doim ayblab yurgan esam
Gul chog'i, devonamanmi, bodadan inkor etay?!Ko'z yoshi yoqutu- la'lidan xazinamdir to'la
Bas, quyosh fayzu zarini ne uchun darkor etay?Qoshlaring mehrobiii baxtimdan aylarman tatab
Unda Majnun yanglig' ishqing darsini takror etay
Ushbu lablar ishva aylar erdi Hofizga mudom
Ne uchun afsonaga bovar qilar, iqror etay?
* * *Tong otdi, soqiy, jomni liq-liq sharob qil
Charx aylanishnga hech bir ishonch no'q – shitob qil
Foniy jahon xarob o'ladur, undan ilgariGulrang bodalar bila bizni xarob qil!Xurshidi may chiqardi boshni shisha sharqidan
Quvnoq bo'lishni istar esang, tarki xob qil
Ul kunki, loyimizni falak ko'za aylagay
Albatta. boshimiz kosasin liq sharob qil
Biz lofu tavba parhez etuvchi kishi emas
Toza sharobu jom ila bizga xitob qil
Och ko'zni, yaxshi boq: ko'piribdir qadah yuzi
Dunyo asosini shu ko'pikdek hisob qil
Gul mavsumi-yu, umr o'tishga shoshildilar
Gulrang mayingni sungali soqiy, shitob qil!Hofiz, eshitki, mayga topinmoq erur savob
Tur, vaqtni qochirma-yu, tezda savob qil.
* * *Etdim tabibg'a g'amlarni chandon
Miskin g'aribga qilmaydi darmon
Har dam tikonning qo'lida bo'ldiBulbulga boqmay gul yuzli jonon
Biz dardimizni dilbarga aytdik
Yo'qdir tabibdan yoshrishga imkon
Do'stlar yuzini ko'rsin yana do'st
Yo Rab, omon tut, qil lutfu ehson!Ishq sandig'iniig kulfi buzilmish
Yetkuzmasin qo'l ag'yori nodon
Ey yor, vasling ne'matlaridanBizga nasiba afsusu armon
Bo'lmasdi Hofiz dunyoga shaydo
Dono so'zini olganda har on.
* * *Yana rindlar sari bir ayla nazar yaxshigina
Yana mayxona tomon ayla guzar yaxshigina
Meni xaqqimda labing shul qadar etgan ehson
Juda ham yaxshi bir oz oshsa agar yaxshigina
Ey jahonning chigalin yechguchi dono odam
Fikr ber, ayla bu ishlarni basar yaxshigina
Dedi nosihki: Nedir ishqda g'amdan o'zga?Dedim: Ey mullai g'ofil, shu hunar yaxshigina!Gar desam senga qadah ol-u, piyola labin o'p
Mendan o'zga bera olmas bu xabar yaxshigina
Terib olgil, beradur mevaki, Hofiz qalami
Yo'q bu bog' mevasida bundan o'tar yaxshigina.
* * *Qorong'umizni eshikdan kirib munavvar qil
Shu majlis ahli dimog'ini ham muattar qil
Dilu jon etdim u jononni qosh-ko'ziga fido
Kel, ey nigor, tamoshoyi toku manzar qil
Shu husn ila shu go'zallikki, senda bor, kelgil
Faqirlar ayshiga jon kirgizib, tavongar qil!Bihisht xoziniga ayt, bu bazm tuprog'iniBihisht ichra olib bor-u, udi-anbar qil
Visol naqdin umid aylamoqqa yo'qdir hadimiz
Labingga izn berib, komimizni shakkar qil
Chaman go'zallari husningga bo'ldilar maftun
Sumanga noz-u, qading bandasi sanobar qil
Bu hajr oqshomi yulduzlari yorug' bermas
Chiq endi tom uza– oy sham'ini munavvar qil!Hikoyat aylar o'ziga bino qo'pib soqiy
Ishingni buzma, xayoling sharobu sog'ar qil
O'pib piyola labin, mastlarga sun o'sha dam
Aql dimog'ini shu lutf ila muattar qil!Nasihat etsa, may ichmang, der ersa donishmand
Piyola sungil-u, etgil: tomog'ingni tar qil!Yuzingni shu'lasidur sezgi ko'ziga parda
Quyoshni chodiriga bas kelib, munavvar qil!Nigor ishratu ishqin bajo ketir, so'ngraO'zingga Hofizi Sheroz she'rin az bar qil!
* * *Bu jandapo'shlar ila bo'lma hamdam
O'girma rindlardan yuzni har dam
Erur bu janda to'n g'oyatda iflos
Erur pok mayfurush ko'ngli, dili ham
Qilursan mastlik, yoshrin o'turma –Ichirding boda, yutdirma zahar ham
Chidolmaysan– tanang g'oyatda nozik
Hazar qil– malla to'nlar mushti bardam
Erur bedard bu so'fiynamolar
May ichganlar bo'lishein shodu xurram!Labi maygun-u, mastona– ko'zing och
Sening shavqingda may qaynar damodam
Kelib bu hiylagarlar yolg'onin ko'r
Qadahning bag'ri qon, cholg'uda motam
Hayiq Hofizdagi o'tli yurakdan
Qozondek ko'ksi qaynar, ko'nglida g'am.
* * *Xo'blar shahi, bir boq – bu gadoyingai rizo qil
Kuygan bosh-oyoqsizga karam ayla, vafo qil
Bir boqmog'ing orzusi bu yo'qsil dilidadir
Boq g'amzadaga: mast ko'zing och – ramzu imo qil
Bahslashsa go'zallikda jamoling-la to'lin oy
Ko'rsat yuzung-u, xalqqa tanit, yuzi qaro qil
Ey sarvi ravon, bir nafase bog'u chamandanBazm ichra kelib deki: to'ning yirt-u, qabo qil!Parvonavu sham'u gulu bulbul yig'ilibdur
Yolg'uzlama, jono, kelib ayshimni raso qil!Dil berguchiga tokay o'lur jabru jafolar
Bir ayla vafo Tangri uchun, tarki jafo qil!Tangri haqi, dushmanlaring ig'vosin eshitma
Hofiz kabi o'z yo'qsilingga lutfu ato qil!
* * *Dilim zulfing uchida tutdi maskan
Quyi solma, sinur, dilbarlik et fan
Agar zulfing kabi tortsa ko'ngul bosh
Qo'lingga ol, oyoqqa solma boshdan
Agar tunda kelur bo'lsang charog'dek
Ko'zim bo'lgay jamoling birla ravshan
Guliston endi menga zavq bermas
Yuzingni ko'rsam – olam menga gulshan
Qading sarvini vasfiga tutinsam
Tanim bori til o'lgay misli savsan
Qachon qo'ngay shakar solgan idishga
Chibin andisha qilsa yelpig'ichdap
Qilolmas ishqbozlik mojarosinJahonda kimsa Hofizdek muayyan.
* * *Ey ko'zlarimni nuri, eshitgil so'zim bu dam
Ichgil to'liq piyolani, ber so'ngra menga ham
Aytdimki, tajriba bila so'zlaydi keksalar
Tingla nasihat, o'g'lim-u, bo'l piri muhtaram
Eslik kishi oyog'iga ishq urmadi kishan
Oshiq bo'lishni istasang, aqlingni ayla kam
Bermaydi mastlik kayfini tasbehu malla to'n
Bu ishda may sotuvchiga bo'yningni ayla xam
Jon birla molni do'st qilur do'stga fido
So'z tinglaguchi yorga yuz jonni bersa kam
Sevgi yo'lida devlarnnig ig'vosi ko'p erur
Aqlingga kel, xato sariga qo'ymagil qadam
Sarg'aydi bargu qolmadi shodlikni cholg'usi
Tosh, ayla nola, doira, g'avg'oni ayla zam
Bo'lsin hamisha toza maning jom ila to'la
Soqiy, sharob qoldig'ini bizga qil karam
Zarbof to'n ichra mastlik ila tushsa gar yo'ling
Nazr ayla bo'sa Hofizi eski choponga ham.
* * *Xirqamni garov qo'ygum – bir kosa sharob avlo!Bema'ni nasihatdan menga mayi nob avlo!Har qanchaki ko'z tutdim – behudaga umr o'tdi
Bas, menga faqirlik-la bir kunji xarob avlo!Zohidni yurak sirrin xalqqa demagayman xech
Bu qissani aytmoqqa chang ila rubob avlo!Shunday falak axvoli: bosh ham so'nggi yo'q, bundan –Soqiyning xayoli-la qo'llarda sharob avlo!Bir sen kabi dilbardan ko'nglimni uzolmasman
Sendan bosh agar tortsam, bo'ynimga tanob avlo!Keksayding, ayo Hofiz, tark et mayu mayxona
Yoshlikda xdvaskorlik, rindlik, mayi nob avlo!
* * *Sen, ey zohid, o'z orzuying sari bor
Mening ham xuddi shunday maqsadim bor
Qadah bo'sh doimo lola qo'lida
Kel, ey soqiy, ketur har narsaki bor!Meni tort endi devona safiga
Shu mastlik yaxshidur bo'lguncha hushyor!Hazar qil mendan, et, ey so'fiy, parhez
Ki parhezdan qilibman tavba ming bor
Kel, ey ko'ngil, uning zulfiga bog'lan
Xalos bo'lmoqqa gar bo'lsang havaskor
Qo'yib tur tavbani gul mavsumida
Davom etmas– o'tar gul fasli nochor
Chaman atrofidan yel o'tganidek
Umrning ko'klami o'tmoqda, ey yor
Kel, ey Hofiz, eshit achchiq nasihat
Nechun g'aflatda o'tsin umr bekor.
* * *Bu yurt to'la harifdir, har bir tarafda dilbar
Qo'shgaysiz ishqqa hissa, ishlang bu haqda, do'stlar!Charx ko'zi ko'rgan ermas bundap qiziq harifnn
Hech ovchi qilmagandir bunday bir ov musaxxar
Bog' ichra barcha guldan husn ila nozaninsan
Pok etaginga aslo yopishmasin tikanlar!Kimning ko'zi ko'ribdur, kim jondan ishlagan tan
Gard yuqmagan taniga bir yori hur paykar
Mendek dili yarimni quvding nega yoningdan?Bo'lgaymi bo'sa yoxud quchmoq menga muyassar?Tez kel, ko'ngil ochar may, shodlik nafas g'animat
Kelgusi navbahordan kimda umidu bovar?!Bo'stonda tengu to'shlar gul birla lola yanglig'
Har birlari tutib jom, yor ismi tilda az bar
Gar bu tugunni yechsam, bu sirni fosh qilsam
Ishlar chatog'-u, dardlar ezmakda to barobar
Hofiz tanida har tuk ul sho'x nari qo'lida
Mushkul turish bu yanglig' bir yurtda, e birodar!
* * *Bo'ldi yana gul birla chamanlar bihishtoso
Gulgun may ila jomni to'lat, soqiyi zebo!G'am zangini dildai yo'qotar ushbu qizil may
Qutlar edi bu so'zni baland tab'li dono!Man' aylaguchi may qovog'in tosh bila ursa
Sen xisht ila yor boshini– rahm aylama aslo!Ongsizligimi– ilmingga boqmaydi falak hech
Chunki ko'zi yo'q: yaxshi-yomon unga muammo
Hur ila bihisht naqd bo'libdir menga, zohid
Nechun qilayin nasya hikoyat sari parvo?Ul xoja kamol ahlidur, aylab yo'lini pok
Oltun yo'q esa, xisht-la yo'lin bergumiz oro
Tarsobachaye kechagina derdiki: Hofiz
Afsuski, butxona aro ayladi ma'vo.
* * *Ey bod, nishoni yor erursan
Dilbar soridan chopor erursan
Zinhor qo'lingni cho'zma, saqlan –Zulfin silab, aybdor erursan
Ey gul, yuziga ne nisbating bor?U mushku tikanga yor erursan
Rayhon, nimasan, qaro xatin ko'r
U toza-yu, ssn g'ubor erursan
Nargis, qanisan, u mast ko'zlarKayfin surar-u, xumor erursan
Ey sarv, u baland qad oldida senBog' ichra kame'tibor erursan
Ey aql, uning ishqiga berilding
Bu choqda beixtiyor erursan
Hofiz, senga vasl o'lur muyassarGar sabrda barqaror erursan.
* * *Umid ila ming urindimki, yor bo'lsang deb
Bu beqaror dilimga qaror bo'lsang deb
Kel endi ishq eli g'amxonasiga – budir umid
Bu g'amli ko'nglima shoyad mador bo'lsang deb
Tilayman uyqusi yo'q ko'zlarim charog'i bo'lib
Umidli ko'nglima hamdam nigor bo'lsang deb
Menga yarim kechada uyqudan murod shudir
Ko'zim yoshi kabi ko'kraktumor bo'lsang deb
Yurak aqiq labing ishvasi bilan qondur
Shikoyat aylar esam, g'amgusor bo'lsang deb
Malohat iqlimi shohini qulgadur nozi
Bu ishda sendan umid– sulhkor bo'lsang deb
Vazifa aylading ikki labingdan uch bo'sa
Vazifani qil ado: Ol, xumor bo'lsang! – deb
Go'zallar ishq elini qo'llagan chaman ichra
Umid ila boqaman menga yor bo'lsang deb
Shaharda Hofiz o'lub, arzimasman arpaga ham
Karamlaring kutaman g'amgusor bo'lsang deb.
* * *Bordim saharda bog' sari gul terish uchun
Nogoh quloqqa keldi– chekar erdi bulbul un
Bir gulning ishqiga u bo'lib men kabi asir
G'avg'o qilar emish bu chamai ichra ushbu kun
Sayr aylar erdim ul chamanu bog' aro faqat
Uylar edim u bulbulu gul haqqida butun
Gul yor etib tikonni-yu, bulbulda yo'q qaror
Na gulda o'zgarish, na u bulbuldadir sukun
Bulbul fig'oni qildi dilimga og'ir asar
Qaytdim, chidolmadim juda holim bo'lib zabun
Gulshanda gullar ochilar– aslo hisobi yo'q
Qo'ymas tikan balosi biror gul uzish uchun
Hofiz, suyuggch umidini tutma zamonadin
Ming ayb bor, fazilatidir makr ila fusun.
* * *O'tparast dayrida ham men kabi yo'q bir maftun
Bo'ldi har joyda garov xirqayu daftar may uchun
Ayladim boda sotuvchi qo'lida ming tavba
Yorsiz tomchi may ichmay, demayin bazmu o'yin!Borladim ko'z arig'ini etagim birla agar
Koshki yonimga o'tirtilgusi sarvi mavzun
Balki bu sir haqida sarv tili so'zlag'usi
Io'qsa parshishda til yo'q, o'zi g'oyatda zabun
Menga boda kemasin tezda ketur, dilbarsizG'amdan oqmoqda ko'zim burchida nahri Jayxun
Qilma begona so'zin yorga topinguchi menga
Yo'q ishim o'zga bilan – menga piyola may sun!Ranjima, nargis agar kulsa ko'zing shevasidan
Yurmagay ko'r izidan kimki, ko'zi bo'lsa butun
Juda yoqmish bu so'zim – tong chog'ida bir tarsoMaykada oldida nay, daf ila kuylardi bugun
Gar musulmonlik esa Hofiz tutib turgan ishi
Oh agar bo'lsa bu kun orqasidan tonglasi kun!
* * *Ey podshohi xo'bon, yolg'izlik g'amidan dod!Qiynaldi g'arib ko'nglim, kel, ayla g'aribing yod
Darding menga darmondir navmidlik yotog'ida
Yoding menga hamdamdir hajr aylar esa bedod
Mushtoqligu ayriliq bir holga keltirmishkim
Sabrim etagi qo'ldan ketdi-yu, ko'ngil barbod
Bo'ston guli har doim yashnab, ochilib turmas
Munglug'lar dilin ovla, davring ekan et imdod
Yuz bodi sabo bunda zulfing tarab o'ynaydurBudir harif, ey ko'ngul, mag'rurligang et barbod
Doirai taqdirda biz nuqtai pargormiz
Lutf ulki– sen o'ylaysan, hukm ul – qilasan ijod
Beboshligu o'jarlik rind olamida yo'qdir
Rind mazhabida bunlar bir kufr deb o'lmish yod
Ko'ngil sirini, go'stlar, kimga yechay olamda
Har yonda yurar yorim– ko'rmas yuzin odamzod
Men tong yeliga oqshom qildim gila zulfidan
Aydiki: g'alatdir bu savdoyi kabi faryod
Soqiy, chaman-u gulda sensiz sira ravnaq yo'q
Shamshodni xiromon qil, bog'ni bezab, et obod!Bu gardishi zumraddan qondir jigarim– may ber
Zumrad kosadan mushkil hal bo'lg'usi, ko'ngul shod
Hijron tugadi, Hofiz, vasl islari kelmoqda
Ey oshiqi shaydoyi, bu aysh muborakbod!
– Chustiy tarjimalari –
* * *Sabo, degil, u kiyik ko'zli sho'x ra'noga
Ravona qilding o'zing bizni tog'u sahroga
Shakarfurushki, omon bo'lsin, ul nega boqmasMudom shakar yeguvchi to'g'in shakarxoga?Ichishda yor ila may esla mayparastlarni
Shu xilda o'tdi ular ham kelib bu dunyoga
Chiroy g'ururi magar ruxsat etmadi, e gul
Tabassum aylamading bulbulingga– shaydoga
Tuzog'u donga ilinmaydi asli ziyrak qush
Asiru band bo'lur xulqi yaxshi zeboga
Dilida mehri nega yo'q – qarab topolmasman –Ki, qancha sarvqad, oy yuzli ko'zi shahloga
Jamoling aybli emas, bemisol erur-ku, faqatVafoyu mehr uzoq ermish chiroyli barnoga
Bu baxtu suhbatu do'stlarni shukrin et, eslaG'ariblaringniki, ovora dashtu sahroga
Tarannum aylasa Hofiz so'zini Zuhra agar
Ajab emaski, kelur zavqi raqs Isoga.
* * *Baxt tongidir– qani ul jomi misli oftob?Qayda bundan yaxshi fursat; menga sun bir jom sharob
Soqiy yoru xoli uy, mashshoq xazilkash xo'b shirin
Bu yigitlik davri– mayning navbati ishratga bop
Mashq etar sozanda, yor qarsakda, mastlar raqsda
Quvdi mastlar uyqusin noz birla soqiy beniqob
Xos xilvat tinchu insonga tomosho joyidur
Buki, men ko'rmoqdaman: o'ngimmi, yo Rab, yoki xob?Pokiza mayning xasli birla sho'x esgan sabo
Yoshirur xo'b yaxshi gul bargiga gulshanda gulob
Ko'ngil ochmoqlik, go'zallik, shodu xursandlik uchunYaxshi bo'lg'ay qo'lda oltin jom-u limmo-lim sharob
Tingla Hofiz so'zlarin – bo'ldi xaridor to'lgan oy
Yangragay har bir nafas Zuhro qulog'ida rubob.
* * *Marhamat qil, do'st salomin keltur, e bodi sabo
Aylayin zavqim bilan do'st nomiga jonim fido
Xuddi bulbuldek qafas ichra bu ko'nglim to'tisi
Do'stni shakkar la'lu bodomiga bo'lmish mubtalo
Xoli– dona, jingalak sochi – tuzoq, men – qush kabi
Donadan aylab umid, tushdim– ilindim dom aro
Kimki do'st jomidan ichsa men kabi bir jur'a-may
To jahon boricha boshini ko'tarmas mutlaqo!Sevgiga bir noma yozdim ushbu holimdan– yetar
Bo'lg'usi bosh og'rig'i ortiqcha so'zdan dilrabo
Men visolin izlasam, u ayriliqning qasdida
Xohishim tark ayladim– maqsadga yetsin mahliqo
Gar muyassar bo'lsa yor yurgan yo'lin tuprog'idan
Ming sharaf menga– qilay ikki ko'zimga to'tiyo
Hofizo, dardu g'amida kuy – davosin izlama
Yor vaslidan bo'lak bu dardingga yo'qdir davo.
* * *Yoru do'stlar suhbati-yu, zavqli bo'ston yaxshidur!Yaxshi gul fasli, may ichmoq vaqti obdon yaxshidur!Tong nasimidan ko'ngillar ochilur har lahzada
Toza dil, toza nafaslar, chunki har on yaxshidur!Gul ochilmasdan turib ketmoqqa qasd etdi yana
Yig'la, bulbul, ko'ngli majruhlarga afg'on yaxshidur!Mujda bo'lsin tunda kakku qushga ishqing yo'lida
Yor uchun har kimki bo'lsa tunda nolon yaxshidur!Garchi shodlikning jahonda ismi bor-u, jismi yo'q
Xush tabiat sho'xlik rasmi-la jonon yaxshidur!Bog'da savsanning tilidan bu sadoni tingladim
Der edi: dunyodan o'tmoq tezu chaqqon yaxshidur!Hofizo, tarki jahondan so'zlamoq ko'ngil ochar
O'ylamaysan: shohlarga davru davron yaxshidur!
* * *Qaysi uyning sham'idir u, qaysi joyda xonasi?O'rtadi jonni so'rang, kimning erur jononasi?Bu zamon dinu dilimni xonavayron ayladi
Bilmadim kimning erur u munisu hamxonasi?Lablarining bodasi hargiz labimdan ketmasun
Kimga so'z bermish vafodan – may to'la paymonasi?Ul saodat sham'ining bazmi erur kimga nasib
Siz, Xudo haqqi, so'rang, kimdur uning parvonasi?Har kishi afsun bilan tortmoqchi, ammo bilmadik
Tortadur nozik dilin kimning shirin afsonasi?Yo Rab, ul oy yuzli, yulduz chehrali oliy nishon
Qaysi konning gavhari, kimning erur durdonasi?Qildi ichmasdan labining bodasi dilni xarob
Kimga ulfat, kim erur hamkosa, hampaymonasi?«Ohkim, Hofiz dili devonadur sansiz», – dedim
Sho'x tabassum birla: «Bu kimning, – dedi, – devonasi?»
* * *Shahraro oy yuzligim yo'q – hafta bo'ldi menga yil
Bilmagaysan, ayriliq mushkildir-u, o'rtandi dil
Sevgi lutfi-la yuziga tushdi ko'zim nuktasi
Ko'rdi yor husnida aksin – xol, dedi, mushkin asil
Marhamat barmog'ini cho'zding shaharlarga qarab
Balki parvong yo'q g'ariblar holiga senda, degil
U shakardek lablaridan sut hidi kelgay hanuz
G'amza birlan garchi kipriklar olur jonni dadil
Bitta gavhar ikki taqsim bo'lmog'i mumkin ekan
Chunki la'ling, e go'zal, bu so'z uchun yaqqol dalil!Biz tomon bir kelmog'ingdan xush xabarlar berdilar
Niyatingdan qaytma, qutlug' fol erur bu – yaxshi bil!Qay yo'sin hajring g'amin tog'in ko'targay notavon
Noladan-ku bo'ldi Hofiznnng tani bir tola qil.
* * *Mastman yoding bilan– menga pisand ermas sharob
Xumga ayt, ketsin olib bosh, bo'ldi xumxona xarob
Gar bihishtning bodasi ham bo'lsa, siz yerga to'king
Har shirin sharbatki ersa, yorsiz bergay azob
Ming taassuf, dilbarim keldi-yu, ko'zim yoshlanib
Yor xatu xolin ko'rishga tomchilar bo'ldi hijob
Uyg'on, ey ko'z, chunki beparvo yotish mumkin emas
Uyqu joyidan kelur bu sel– damodam behisob
Yor o'tar senga jamolin oshkoro ko'rsatib
O'zgalar ham ko'rmasin, deb husniga tutgay niqob
Gul sening alvon yuzingda ko'rdi terning jilvasin
Rashk o'tida qoldi, shul dam gulni g'arq etdi gulob
Yondi yuz-yuz sham husningdan ko'ngil bazmiaro
Bu taajjubkim, yuzingda bor edi qat-qat hijob
Dashtu sahro yashnadi, qo'ldan bu fursat ketmasin
May bilan serob bo'lgil, bu jahon butkul sarob
Endi zavqim xonasida yo'q nasihatga o'rin
Nag'maga to'ldirdi bu uyni nayu changu rubob
Sevgi yo'li qanchalar kengdirki, ta'zimi uchunOsmon bo'lmshp bu dengiz ichra go'yo bir hubob
Ey ko'ngilning nuri, diloro yuzingni ko'rmagach
Raqs etar go'yoki o't ustidan dil jizg'in kabob
Tong emasdir bo'lsa Hofiz oshiq shaydoyu rind
Negakim, bu vaz'iyat yoshlik chog'ida sozu bop.
* * *Yuzing husning-la tuzdi ittifoq-u, oldi dunyoni
Jahonni olsa bo'lgan ittifoqlik birda har oni
Muhabbat ahlining sirrini ochmoq bo'lgan erdi sham'
Xudoga shukrkim, kuydi tili-yu, ketdi darmoni
Sening rangu hidingdan so'zlamoqni xohlab erdi gul
Sabo qizg'andi yu, dam tortdi gulning bitdi imkoni
G'urur aylab, boshiga egri qo'ydi do'ppisin lola
Qizil may ko'ksini dog' etdi – ravshandir yurak qoni
U kun bir kosa may ishqi butun kuydirdi borimni
Go'zal soqiy yuzining aksidan o't tushdi pinhoni
Zamona ishlari bir nuqtadek jismim o'rab oldi
Yurardim aylanib pargor kabi– soldi bu g'avg'oni
Yozibdurlar buni gul yaprog'iga lola qonidan
Kimiki puxtadur, olg'ay qizil may qo'lga har oni
Qo'limga jomi Jamshidiyda may ber tongda, mayno'shlarQuyoshdek nur sochar tig'i bilan fath etdi dunyoni!Ko'z och, fursatga boq – olamaro ko'p fitna qo'zg'algach
May ichdi g'am bilan, soz oldi qo'lga yurtning eshoni
Mening qalbimaro har damda yongan yoshirin o'tdanQuyosh bir shu'ladurkim, ko'kka chiqdi – bo'ldi nuroniy
Latofat suvlari, Hofizki, nazmingdan tomib turgay
Bo'laklar qay yo'sin fahmi olur bu xilda ma'noni.
* * *Qo'rqaman – g'am pardasin yirtar oqib yoshim qator
Dildagi pinhon sirim olamga bo'lgay oshkor
Bir maqomda sabr etib, tosh la'l bo'lgay deydilar
Bo'lga-yu, ammo jigar qoni-la bo'lgay e'tibor
Arzu dod etmoqni xohlarman bu kun mayxonada
Shoyad unda dil bo'lur g'amdan yirog'-u beg'ubor
Kekkayish bordur go'zal ul sarvi qadding boshida
Qisqa bu qo'llar qachon u belga yetgay, e nigor?To'lgan oysan bu ko'ringan baxtu davlat qasrida
Boshlar ostonasin tuprog'i bo'lgaylar qator
Har tarafdan yo'lladim senga duolar o'qlarin
Loaqal undan biri albatta qilgay senga kor
Sap-sariq zardek yuzim, mehringni kimyosi bilan–Himmating tuproqni oltin aylagay, e baxtiyor
Yorima ohista-ohista so'zimni arz qil
Ehtiyot bo'l, bexabar qolsin sabo, e joni zor
Nogahon g'am kelsa senga, o'zni tut – bo'lma tajang
Shukr qilg'il, toki battarrog'iga bo'lma duchor
Sen ishongil, g'am yema, sabr ayla, ey dil, oqibatShomdan tong, kechadan kunduz kelur, qishdan bahor
Men ajab hayratdadurman ul raqibning kibridan
Topmasin, yo Rab, bu xil nomard hargiz e'tibor
Hurmati albatta kun-kundan oshar xalq oldida
Husnidan boshqa fazilat ham agar insonda bor
Dilda mehring, boshda ishqing sut bilan kirgan erur
Tanda jonim boricha qolgay tanimda barqaror
Bosh chiqargay qabridan Hofiz oyoq o'pmoq uchun
Qabrin ustiga qadam qo'ysangiz – unga iftixor.
* * *Shirin hosil berur– do'stlik daraxtin o'tqaz, ey inson
U dushmanlik niholin yulki, bergay g'am, alam, armon
Bo'lib mayxona mehmoni, may ich mastonalar birlan
Xumori bo'lma hargizkim, boshing og'riydi, ey jonon!Bu suhbat tunlarin bilgil g'animat, shodu xandon bo'l
Qorong'ulik, yorug'liklar kelur, ko'r o'zgarur davron
Yo'lin Majnunga bursin – Laylining sorbonini yo'lla
Uning hukmidadir, s Rab, quyosh birlan mahi tobon
Hayotingni bahorin topki, yo'qsa bu chaman har yilOchar yuz g'uncha nayerindek, ko'rar bulbulcha ming xushxon
Mening majruh dilim zulfingga bog'lanmish, Xudo haqqi
Buyur, jonimga orom bersin ul la'li labing shul on
Madoring ketmish, ey dil, g'am yuki ostida qolmishsan
Borib bir kosa may ich, balki bo'lgay dardingga darmon
Qarilik chog'ida Hofiz tilar bu bog'da Tangridan
Ariq bo'yida topsa sarvqomatlik go'zal jonon!
* * *Gul jamoli dilga yoqmas benigor
Zavqi yo'qdir bodasiz bo'lsa bahor
Bahrasi yo'q bog'u bo'ston sayrini
Bo'lmasa bir lola yuzli gul'uzor
Qilmasa bulbul tarannum bog'aro
Sarvu gul raqsida bo'lmas e'tibor
Nozu ne'mat, bog'u gul yaxshi valeLazzati yo'q bo'lmasa suhbatda yor
Yor yuzidan o'zgasi manzur emas
Hushni band etguchi har suratki bor
Gulbadan, la'li shakar dildor bilanBo'sasiz bo'lsa visol – ne zavqi bor?Qadri yo'q Hofizdagi jon naqdini
Arzimas qilmoq uchun yorga nisor.
* * *Baxtim nedurki, yor labidan bermagay nishon?Sirri nadur, xabar demagay toleim hamon?Jonim nisor etay labining bo'sasi uchun
Yo bo'sa bermadi-yu va yo olmadi u jon
Yo parda ichra yo'l yo'q-u, men intizorman
Yo bor-u, parda tutguchi qilmas sirin ayon
Sabr aylagan kishi yetar oxir murodiga
Ammo zamona fitnasi bermas menga omon
Zulfin sabo uchirdi– u nokas falakka boq
Bermas majol kokilidan uzsam ushlabon
Pargor singari yuraman chetda aylanib
Bir nuqtadek bu o'rtaga yo'l bermadi zamon
Dermanki, uxlasam ko'raman yor jamolini
Uxlatmagay meni sira Hofizdagi fig'on.
* * *Bulbul o'ylarkim, hamisha unga gul go'yoki yor
Gul xayoli: nozi bulbulning diliga qilsa kor
Dilrabolik birgina ishq ahlin o'ldirmoq emas
Gar yesa qullar g'amin – shuldir ulug'lik, e nigor!La'lning qalbida qon mavj urmog'i qimmatlidir
Boda narxin pastlatur, afsus, safolda bodaxor
Bulbul o'rgandi shirin so'zlashni gulning fayzidan
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Hafiz - 3
  • Parts
  • Hafiz - 1
    Total number of words is 4032
    Total number of unique words is 2402
    19.0 of words are in the 2000 most common words
    30.8 of words are in the 5000 most common words
    38.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Hafiz - 2
    Total number of words is 4059
    Total number of unique words is 2395
    16.6 of words are in the 2000 most common words
    29.0 of words are in the 5000 most common words
    38.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Hafiz - 3
    Total number of words is 3948
    Total number of unique words is 2400
    14.9 of words are in the 2000 most common words
    25.8 of words are in the 5000 most common words
    34.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Hafiz - 4
    Total number of words is 3344
    Total number of unique words is 1961
    19.1 of words are in the 2000 most common words
    31.6 of words are in the 5000 most common words
    41.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.